Senatda Yaponiyaning Oʻzbekistondagi Elchisi bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi

20:07 29 Sentyabr 2025 Siyosat
300 0

Joriy yilning 29-sentyabr kuni Oliy Majlis Senati Raisining birinchi oʻrinbosari Sodiq Safoyev mamlakatimizdagi diplomatik missiyasini yakunlayotgan Yaponiyaning Favqulodda va Muxtor Elchisi Takashi Xatori bilan uchrashdi.

Muloqot chogʻida Oʻzbekiston va Yaponiya oʻrtasidagi anʼanaviy doʻstona munosabatlar hamda strategik sheriklik izchil va barqaror rivojlanayotgani alohida taʼkidlandi. Yaponiya Osiyo va Tinch okeani mintaqasida Oʻzbekistonning muhim siyosiy, iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlaridan biri sifatida eʼtirof etildi.

Uchrashuvda iqtisodiy, investitsiyaviy, ilmiy-texnikaviy va madaniy-gumanitar sohalarda ikki tomonlama hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari muhokama qilindi. Shu bilan birga, parlamentlararo aloqalarni chuqurlashtirish va parlament diplomatiyasi imkoniyatlaridan samarali foydalanish orqali koʻp qirrali munosabatlarni mustahkamlash zarurligi taʼkidlandi.

Xususan, parlamentlararo doʻstlik guruhlari faoliyatini faollashtirish, oʻzaro tashriflar tashkil etish va qonunchilik sohasidagi tajriba almashuvini yoʻlga qoʻyish boʻyicha takliflar bildirildi.

Shuningdek, ishbilarmon doiralar va yirik kompaniyalar oʻrtasida amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalarini qoʻllab-quvvatlash, ularni rivojlantirish maqsadida aniq dasturlarni ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etish yuzasidan kelishuvga erishildi.

Uchrashuvda taʼlim, fan va madaniyat yoʻnalishlarida qoʻshma loyihalarni amalga oshirish, inson kapitali rivojiga qaratilgan tashabbuslarni ilgari surish, shu jumladan, oʻzaro almashuv dasturlarini kengaytirish masalalari ham koʻrib chiqildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер