Senat Raisi Jeneva shahrida Parlamentlararo ittifoq Bosh kotibi bilan uchrashuv oʻtkazdi
Parlamentlararo ittifoqning 151-assambleyasi doirasida Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva Parlamentlararo ittifoq Bosh kotibi Martin Chungong bilan uchrashuv oʻtkazdi.
Suhbat chogʻida Oʻzbekiston parlamenti va Parlamentlararo ittifoq oʻrtasidagi hamkorlikning bugungi holati va istiqbollari, kelgusidagi rejalar hamda parlamentlararo aloqalarni yanada mustahkamlash masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, Toshkent deklaratsiyasining ijrosi, uning doirasida belgilangan vazifalar yuzasidan fikr almashildi.
Uchrashuv chogʻida 2026-yil sentyabr oyida Samarqand shahrida Yosh parlament aʼzolarining 12-global konferensiyasini oʻtkazish toʻgʻrisidagi namunaviy bitim imzolandi.
Mazkur tashabbus Oʻzbekiston Prezidenti tomonidan ilgari surilgan boʻlib, u yosh parlament aʼzolari oʻrtasida global muloqot va hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan.
Martin Chungong mazkur kelishuvni Oʻzbekiston va Parlamentlararo ittifoq oʻrtasidagi ishonchli va samarali hamkorlikning mantiqiy davomi sifatida eʼtirof etdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sogʻliqni saqlash vazirligi “Elektron retsept” tizimi boʻyicha rasmiy bayonot berdi
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Uchinchi Renessansga eltuvchi maʼrifat koʻprigi: Oʻzbekiston—Pokiston hamkorligining yangi bosqichi
- Muhammad Saloh faoliyatini Saudiyada davom ettirishi mumkin
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- “Insoniyat sivilizatsiyasiga asos boʻlgan yutuqlar shu zamindan kelib chiqqan” — Paragvay Prezidenti
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring