Senat Raisi Jeneva shahrida BMT Bosh kotibi oʻrinbosari bilan uchrashuv oʻtkazdi
Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Norboyeva boshchiligidagi Oʻzbekiston parlamenti delegatsiyasi Parlamentlararo ittifoqning 148-Assambleyasida ishtirok etish uchun amaliy tashrif bilan Shveysariyaning Jeneva shahrida boʻlib turibdi.
Tashrif doirasida Senat Raisi Tanzila Norboyeva BMT Bosh kotibi oʻrinbosari, BMTning Jenevadagi boʻlimi bosh direktori Tatyana Valovaya bilan uchrashuv oʻtkazdi.
Oʻzbekiston va BMT oʻrtasidagi samarali hamkorlikning turli yoʻnalishlari, jumladan, Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish, gender tenglikni taʼminlash borasida qoʻshma dastur va loyihalarni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
Oʻzbekiston bilan BMT oʻrtasidagi hamkorlik sifat jihatidan yangi bosqichga koʻtarilib, 140 ga yaqin dastur va loyihalar amalga oshirilayotgani alohida qayd etildi.
T. Valovaya Oʻzbekistonning BRMni amalga oshirish borasidagi saʼy-harakatlarini yuqori baholadi. Oʻzbekistonda oʻtkaziladigan Osiyo xotin-qizlar forumi doirasida «2030-yildan keyin barqaror rivojlanish strategiyasi» mavzusida yordamchi tadbir tashkil etish imkoniyati haqida oʻz fikrini bildirdi. Uning bildirishicha, Samarqand forumi ayol deputatlar uchun 17 maqsadni 2030-yildan keyin ham amalga oshirish boʻyicha oʻzaro fikr almashish va tavsiyalar ishlab chiqish uchun oʻziga xos platforma boʻlib xizmat qiladi.
Uchrashuvda shuningdek, inson huquq va erkinliklarini, gender tenglikni taʼminlash, xotin-qizlarning imkoniyatlarini kengaytirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.
Yakunda muloqotni tizimli davom ettirish, hamkorlikdagi loyihalarni kengaytirish orqali hamkorlikni mustahkamlashga kelishib olindi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Oʻz xalqini Siz kabi chin dildan sevadigan davlat rahbarini uchratmadim – “ACWA Power” kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abunayyan
- Oʻzbekiston tasviriy sanʼat galereyasida Samarqand maktabining yangi nafasi
- Lamin Yamal “Barselona”ni tark etishi mumkin
- Ish bilan bogʻliq baxtsiz hodisalar va kasbga oid kasalliklar haqidagi maʼlumotlarning yaxlit tizimi yoʻqligi koʻrsatib oʻtildi
- Har bir hududda “Kasaba uyushmalari bogʻlari” tashkil etiladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring