Senat Raisi va Konrad Adenauer jamgʻarmasi boshqaruvi raisi bilan hamkorlik masalalarini muhokama qildi
Foto: Hasan Paydoyev / “Xalq soʻzi”
2022-yilning 30-avgust kuni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Narbayeva mamlakatimizga tashrif buyurgan Konrad Adenauer nomidagi jamgʻarmasi boshqaruvi raisi, Germaniya Bundestagining eks-prezidenti Norbert Lammert boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.
Muloqotda ikki tomonlama hamkorlikning hozirgi holati va istiqbollari muhokama qilindi.
Uchrashuv davomida T.Narbayeva mehmonlarni tashrif bilan qutlab, mamlakatimizda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev boshchiligida olib borilayotgan keng koʻlamli islohotlar, xorijiy mamlakatlar bilan parlamentlararo hamkorlik, tashqi siyosatning ustuvor yoʻnalishlari, shu jumladan, yaxshi qoʻshnichilikni mustahkamlash, Markaziy Osiyoda barqarorlikni taʼminlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishtirdi.
Oʻz navbatida, N.Lammert Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan ichki va tashqi siyosatdagi oʻzgarishlar va yangilanishlarni yuksak baholadi.
Uchrashuv chogʻida parlamentlararo aloqalarni kengaytirish, davlat va jamiyat qurilishini takomillashtirish, iqtisodiy-ijtimoiy sohalardagi hamkorlikni mustahkamlash masalalari yuzasidan fikr almashildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Oʻzbekistonning 7 ta moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlari AYSESKO roʻyxatiga kiritildi
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- Erkaklar ayollarga nisbatan koʻproq kaloriya isteʼmol qilishi kerakmi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring