Seminarda oilaviy zoʻravonlikning oldini olishga qaratilgan qoʻshma loyiha muhokama etildi
Joriy yilning 20-oktyabr kuni Senatning Yoshlar, xotin-qizlar, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi tashabbusi bilan seminar tashkil etildi.
Unda senatorlar, xalqaro nufuzli tashkilotlar rahbarlari, vazirlik va idoralar masʼullari, ekspertlar hamda Yoshlar parlamenti aʼzolari ishtirok etdi.
Seminar doirasida “BMT-ayollar” tashkiloti, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Inson huquqlari boʻyicha Oliy komissari boshqarmasining Markaziy Osiyo uchun mintaqaviy boʻlinmasi hamda Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkilotining (YXHT) Oʻzbekistondagi loyihalari koordinatori tomonidan ishlab chiqilayotgan “Oʻzbekistonda oilaviy zoʻravonlikka qarshi huquqiy choralar bilan kurashish” qoʻshma loyihasi taqdim etildi.
“BMT-ayollar” tuzilmasining Markaziy Osiyodagi aloqalar boʻyicha ofisi rahbari Jeren Guven Guresh xonim loyihaning mazmun-mohiyati va konsepsiyasi bilan batafsil tanishtirdi.
Taʼkidlanganidek, loyiha sohada amalga oshirilayotgan soʻnggi huquqiy islohotlar va gender tengligini taʼminlash hamda gender asosidagi zoʻravonlikni bartaraf qilish boʻyicha davom etayotgan saʼy-harakatlarni yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.
Loyiha oilaviy zoʻravonlikdan jabr koʻrganlarga adliya choralarini kuchaytirish, shuningdek, adliya va huquqni muhofaza qilish sohalarida institutsional hamkorlik hamda hisobdorlikni ragʻbatlantirishni ham nazarda tutadi.
Seminar davomida taklif etilayotgan loyihaga umumiy yondashuvlar va undan kutilayotgan natijalar, loyiha tatbiq etiladigan hududlar hamda tashkiliy masalalar koʻrib chiqilib, mutasaddi vazirlik-idoralar vakillarining fikrlari eshitildi.
Loyihani bildirilgan taklif va fikr-mulohazalardan kelib chiqib, qayta koʻrib chiqish va yanada takomillashtirishga kelishib olindi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
- Turkiya sudi Netanyahuni Gʻazoda genotsid sodir etganlikda ayblab, hibsga olish orderini maʼqulladi
- Rossiya NATOga hujum qilish uchun shay holatda — Bundesver generali
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring