“Sea Breeze Uzbekistan” boʻyicha jamoatchilik eshituvi oʻtkaziladi
Videodan kadr
Toshkent viloyati Boʻstonliq tumanida “Sea Breeze Uzbekistan” turistik majmuasi qurilishi loyihasining atrof-muhitga taʼsirni baholash yuzasidan jamoatchilik eshituvi boʻlib oʻtadi. Bu haqda Davlat ekologik ekspertizasi markazi xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, jamoatchilik eshituvi 23-yanvar kuni kuni 10:00 da Toshkent viloyati Boʻstonliq tumani hokimligi binosida (Gʻazalkent shahri Mustaqillik koʻchasi 14-uyda joylashgan) oʻtkaziladi.
Mazkur jamoatchilik eshituvlari loyihasi doirasida:
• hududni rejalashtirish va qurilish yechimlari;
• atmosfera havosi, suv va tuproqqa boʻladigan taʼsir;
• chiqindilarni boshqarish;
• yashil hududlar va suv obyektlarini muhofaza qilish;
• ekologik xavfsizlik choralari va monitoring masalalarini muhokama qilish maqsadida tashkil etilmoqda.
“Loyiha hujjatlari Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi ekologik qonunchiligi talablariga muvofiq ishlab chiqilgan. Loyiha boʻyicha taklif va mulohazalaringizni jamoatchilik eshituvlari davomida yoki yozma shaklda taqdim etishingizni soʻraymiz”, deyiladi markaz xabarida.
Maʼlumot uchun, “Sea Breeze Uzbekistan” loyihasi Toshkent viloyati Boʻstonliq tumanida, Chorvoq suv omborining sharqiy qirgʻogʻi hududida joylashgan boʻlib, zamonaviy turistik infratuzilmani barpo etishni nazarda tutadi.
Mazkur loyiha boʻyicha taklif va murojaatlarni quyidagi raqamlar orqali yuborish mumkin:
Tashkiliy masalalar boʻyicha: Mars Xegay — (+998 90 348 11 55).
OAV va blogerlar bilan ishlash boʻyicha: Nigina Amanova — (+998 99 315 10 05), Oraz Abdurazakov — (+998 90 799 99 97).
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Aholi va qishloq xoʻjaligini onlayn roʻyxatga olish boshlanishiga 3 kun qoldi
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- Koʻrfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi
- Raqamli Oʻzbekiston uchun kiber-huquqshunoslar: Prezident Farmoni yuridik taʼlimning yangi davrini ochadi
- Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatlaridan iborat delegatsiya aʼzolari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring