Saudiya Arabistoniga bormoqchi boʻlayotganlar ogohlikka chaqirildi
Saudiya Arabistoni Fuqaro muhofazasi bosh boshqarmasi fuqarolar va xorijlik mehmonlarni momaqaldiroq va kuchli shamol vaqtida ehtiyot boʻlishga chaqirdi. Bu haqda “Dunyo” AA xabar berdi.
Gap shundaki, soʻnggi kunlarda Saudiya Arabistoni ayrim hududlarida, jumladan, Makka va Madina kabi ikki shaharlarda kuchli yomgʻir va shamol kuzatilmoqda.
Ayni paytda Saudiya Arabistoni Milliy meteorologiya markazi va fuqaro muhofazasi bosh boshqarmasi Madina shahri va uning atrofidagi hududlarda kuchli yogʻingarchilik tufayli ogohlantirish darajasi qizil ranggacha koʻtarilganini eʼlon qildi.
Qayd etilishicha, bunday ob-havo sentyabr oyining birinchi oʻn kunligiga qadar davom etishi mumkinligi maʼlum qilingan.
Shu munosabat bilan Fuqaro muhofazasi bosh boshqarmasi fuqarolar va xorijlik mehmonlarni momaqaldiroq va kuchli shamol vaqtida ehtiyot boʻlishga chaqirmoqda.
Shuningdek, dovul tufayli qirollikdagi maktab, kollej va universitetlarda darslar onlayn tarzda oʻtkazilayotgani maʼlum qilindi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Yanvar oyida yuz nafardan ortiq amerikalik oʻqish uchun Oʻzbekistonga keldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring