Saraton rivojlanishi xavfini oshiradigan uchta xavfli odat maʼlum qilindi

14:53 13 May 2025 Ilm-fan
443 0

Illyustrativ foto

Chilim chekish, qovurilgan goʻsht va issiq ichimliklarni haddan tashqari koʻp isteʼmol qilish saraton kasalligini rivojlanish xavfini oshiradi.

Bu haqda AQSHdagi Silvestr kompleks onkologiya markazining gematologiya boʻlimi boshligʻi, shifokor Maykl Sekeras “Daily Mail” bergan intervyusida maʼlum qildi. Shifokorning soʻzlariga koʻra, eng xavfli omillardan biri chekish boʻlib qolmoqda. Gap shundaki, koʻpchilik chilimni sigaretaga qaraganda kamroq zararli hisoblaydi. Aslida esa unday emas va bu yanglish tushuncha. Tadqiqotlar shuni koʻrsatadiki, chilim tutunida smola, uglerod oksidi, ogʻir metallar va kanserogenlar mavjud boʻlib, uzoq vaqt chekish seanslari bitta sigaret chekishdan koʻra koʻproq zaharli moddalarni yutishga sabab boʻladi.

Sekeras, shuningdek, grilda yoki yuqori haroratda pishirilgan goʻshtni tez-tez isteʼmol qilishdan ham ogohlantirdi. Uning taʼkidlashicha, mol goʻshti, parranda goʻshti, baliq va choʻchqa goʻshtini qovurish natijasida mutatsiyaga sabab boʻladigan va saraton kasalligini rivojlantiruvchi geterotsiklik aminlar va politsiklik aromatik uglevodorodlar hosil boʻladi. Ushbu moddalar yalligʻlanish va oksidlovchi stressni keltirib chiqaradi, organizmda moddalar almashuvi oʻrtasidagi muvozanatni buzadi.

Juda issiq ichimliklar ham sogʻliq uchun xavf tugʻdiradi. Misol uchun, xitoylik olimlarning tadqiqoti shuni koʻrsatdiki, 60 darajadan yuqori haroratda choy ichadigan va bir vaqtning oʻzida spirtli ichimliklarni isteʼmol qiladigan odamlarda qiziloʻngach saratoni xavfi besh baravar oshgan. Buyuk Britaniyada oʻtkazilgan tadqiqot ham shunga oʻxshash topilmalarni tasdiqladi: har kuni toʻrt yoki undan ortiq finjon issiq choy yoki qahva ichish tomoq saratoni xavfini oshirishi aniqlangan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер