“Sanoat ipotekasi” tizimi joriy etiladi
“140 ta ilgʻor sanoat korxonasi” dasturini amalga oshirish va “sanoat ipotekasi” tizimini joriy qilishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Hukumat qarori (684-son, 26.12.2023-y.) qabul qilindi.
Qonunchilikka koʻra, sanoat sohalarida “140 ta ilgʻor sanoat korxonasi” dasturini amalga oshirish belgilangan.
Qaror bilan ushbu dastur doirasida tadbirkorlarga ochiq tanlov asosida taklif qilinadigan yirik sanoat loyihalari taqsimoti tasdiqlandi (quyida keltirilgan).
Shunga koʻra, yirik sanoat loyihalarini ochiq tanlov asosida tanlashning asosiy mezonlari belgilandi. Jumladan:
— loyiha doirasida kamida 100 ta yangi ish oʻrinlari yaratilishi;
— ishlab chiqariladigan mahsulotning ichki bozordagi import ulushi 50 foizdan yuqori boʻlishi;
— ishlab chiqarish texnologik asbob-uskunalari yangi (yangi avlodga mansub) boʻlishi kerak.
Dastur doirasida tanlov gʻoliblariga xorijiy valyutada yillik 4 foiz va milliy valyutada yillik 10 foiz stavkada 10-yil muddatgacha, shundan 3-yilgacha imtiyozli davr bilan bir loyiha qiymatining 25 foizi miqdorida, biroq 10 million AQSH dollaridan koʻp boʻlmagan miqdorda kreditlar ajratiladi.
Bunda ushbu kreditlar boʻyicha tijorat banklarining marjasi xorijiy valyutada 2 foiz va milliy valyutada 4 foiz miqdorida belgilanadi.
Qarorga koʻra, 2024-yil 1-yanvardan “sanoat ipotekasi” tizimi joriy etiladi. Bunda:
— tadbirkorlarga yer uchastkalari (ishlab chiqarish maydonlari) qurilish uchun tegishli ruxsatnomalar va loyiha hujjatlari rasmiylashtirilgan holda, “tayyor biznes” shaklida auksion savdolariga chiqariladi;
— ishlab chiqarishni tashkil etish maqsadida bino va inshootlar xarid qilish uchun 7-yil muddatga, 2-yilgacha imtiyozli davr bilan milliy valyutada yillik 10 foiz stavkada kreditlar ajratiladi. Bunda tijorat bankining marjasi 4 foiz miqdorida belgilanadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring