Samarqandda YUNESKO Milliy komissiyalarining 12-yigʻilishi boʻlib oʻtdi
Avval xabar qilganimizdek, 30-oktyabr – 13-noyabr kunlari Samarqandda BMTning Taʼlim, fan va madaniyat masalalari boʻyicha tashkiloti (YUNESKO) Bosh konferensiyasining 43-sessiyasi oʻtkaziladi. Mazkur anjuman doirasida bugun Samarqand shahrida YUNESKO ishlari boʻyicha Milliy komissiyalarning 12-yigʻilishi boʻlib oʻtdi.
Tadbirni YUNESKO ishlari boʻyicha Oʻzbekiston Milliy komissiyasi raisi Gayane Umerova ochib berdi va yigʻilish raisi sifatida oʻz nutqida kun tartibidagi masalalar YUNESKO faoliyati uchun strategik ahamiyatga ega ekanini, shuningdek, ular xalqaro hamkorlikni kengaytirishga xizmat qilishini taʼkidladi.
— YUNESKO ishlari boʻyicha Milliy komissiyalarning 12-yigʻilishida madaniyatlararo muloqotni chuqurlashtirish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi, — deydi Gayane Umerova. — Raqamli davrda, ayniqsa, Ipak yoʻli boʻylab madaniy merosdan samarali foydalanish, barqaror turizmni rivojlantirish hamda mahalliy hamjamiyatlar hamkorligini kuchaytirish katta ahamiyat kasb etadi. Ipak yoʻli sivilizatsiyalar oʻrtasidagi muloqotning yorqin namunasi boʻlib, tez surʼatlarda raqamlashayotgan dunyoda madaniy almashinuv tinchlik, oʻzaro anglashuv va umumiy farovonlikni taʼminlashda muhim oʻrin tutadi. Milliy komissiyalar uchun bu jarayon — madaniy merosni taʼlim, ijod va zamonaviy texnologiyalar bilan uygʻunlashtiruvchi innovatsion yondashuvlarni ilgari surish imkonini beradi. Bu orqali jamoalar, ayniqsa, yoshlar va mahalliy faollar oʻz madaniy resurslarining ham saqlovchisi, ham foydalanuvchisi sifatida faol ishtirok eta oladi.

Muhokamalarda yoshlar siyosatini yanada rivojlantirish, davlat idoralari, nodavlat tashkilotlar va xususiy sektor oʻrtasidagi hamkorlikni mustahkamlash, barqaror taraqqiyot maqsadlarini ilgari surish, inklyuzivlikni taʼminlash va imkoniyatlar tengligini kengaytirish kabi masalalarga ham alohida eʼtibor qaratildi.
Tadbir davomida ishtirokchilar kun tartibiga kiritilgan muhim yoʻnalishlar yuzasidan atroflicha fikr almashdi.
Abdulaziz YOʻLDOSHEV
(“Xalq soʻzi”).
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekiston Prezidenti va xalqiga Yangi yil bayrami munosabati bilan samimiy qutlovlar kelmoqda
- Xorijiy valyutalarning oʻzbek soʻmiga nisbatan Yangi yildan keyin amalda boʻladigan qiymati eʼlon qilindi
- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oʻzbekiston xalqiga Yangi yil tabrigi
- Shavkat Mirziyoyev Yangi Toshkentdagi “Sharq bahori” turar joy majmuasining qurilish maydoniga tashrif buyurdi
- Oʻzbekistonning Gʻazodagi vaziyatga nisbatan hozirgi aniq pozitsiyasi qandayligi aytildi
- Erkinjon Turdimov: “Muammo binoda emas, muammo rahbar va uning ish uslubida”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring