Samarqandda velosipedchini yuk mashinasi, undan soʻng “Damas” bosib ketdi
Foto: Samarqand YHXB
Samarqand viloyati Toyloq tumanida velosipedchi ketma-ket ikki mashina bosib ketishi oqibatida halok boʻldi. Bu haqda viloyat Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, voqea joriy yilning 29-yanvar kuni soat 18:20 larda Toyloq tumani “Jumabozor” MFY hududidan oʻtgan D-069 avtomobil yoʻlining 12-kilometrida roʻy bergan. Toyloq–Urgut yoʻnalishida harakatlanib ketayotgan velosipedchini shu yoʻnalishda kelayotgan “Isuzu” rusumli yuk transport vositasi urib yuborib, yoʻl-transport hodisasi sodir etgan.
Oqibatda velosipedchi yoʻlga yiqilgan. Shundan soʻng, “Isuzu”ning ortidan harakatlanib kelayotgan “Damas” rusumli transport vositasi yoʻlda yotgan fuqaroni bosib ketgan.
Qayd etilishicha, velosipedchi voqea joyida halok boʻlgan. Hozirda mazkur holat yuzasidan Toyloq tumani IIB Tergov boʻlimi tomonidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring