Samarqandda uchta uy yonib ketdi
6-dekabr kuni Samarqand viloyatida yonma-yon joylashgan uchta uyda yongʻin sodir boʻldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Maʼlumotlarga koʻra, voqea soat 07:30 da Kattaqoʻrgʻon tumanida joylashgan xonadonlarda sodir boʻlgan. Voqea joyiga 6 nafar yongʻin-qutqaruv guruhi soat 07:42da yetib borib, soat 08:58da yongʻinni bartaraf etgan.
Natijada umumiy 170 kv.m maydonning tomi, shift qismi va maishiy texnika yonib ketgan. Hodisa oqibatida hech kim jabrlanmagan va halok boʻlmagan. Hozirda yongʻin sabablari va yetkazilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring