Samarqandda tuman prokurori yordamchisi pora bilan qo‘lga tushdi
Videodan kadr
Samarqand viloyatida kuzatilgan holatda esa Pastdarg‘om tumani prokurori yordamchisi tuman ichki ishlar bo‘limining tergov bo‘limi tomonidan tergov harakatlari olib borilgan jinoyat ishida ayblanuvchi sifatida o‘tayotgan fuqaroga nisbatan sud jarayonida yengillik qilish va sud idoralarida ishlovchi tanishlari orqali qamoqdan chiqarish evaziga, uning qarindoshlaridan 3 ming AQSh dollari talab qilgan.
O‘tkazilgan tezkor tadbirda, prokuror yordamchisi so‘ralgan pul mablag‘idan 2500 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168- va 211-moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Analog turmush tarzi”. Insonlarda sunʼiy intellektga qarshi kayfiyat kuchaymoqda
- Dunyo boʻylab qon va koʻzyosh bilan oʻtgan bir hafta — 20 ta suratda
- “Butun el-yurtimizni birlashtiradigan ulugʻ bir gʻoya bor. U ham boʻlsa, Vatan manfaati, xalqimiz manfaatidir”
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- Tarix va zamonaviylik uygʻunlashgan shahar — Turkiya poytaxtidan fotoreportaj
- Kuchli qichishish va jismoniy azobdan tashqari, insonni ruhan ham yemiradi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring