Samarqandda tanishini oʻldirish uchun qotil yollagan shaxs ushlandi
Videodan kadr
Samarqand viloyatida yollanma qotil orqali tanishini oʻldirishni rejalashtirayotgan shaxslar qoʻlga olindi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi.
Samarqand viloyati IIB, DXX Samarqand viloyati boshqarmasi hamda viloyat prokuraturasi xodimlari tomonidan olingan tezkor maʼlumotlarga koʻra, 2002-yilda tugʻilgan shaxs Toshkent shahrida yashovchi fuqaro bilan oʻrtalarida kelib chiqqan oʻzaro nizo sababli uni oʻldirishni maqsad qilib, yollanma qotil izlayotgani aniqlangan.
Shundan soʻng tezkor tadbir oʻtkazishga kirishilib, shartli yollanma qotil tadbirga jalb etilgan. 2002-yilda tugʻilgan ushbu shaxs shartli yollanma qotilga oʻzi bilan kelishmovchiligi boʻlgan shaxsni oʻldirishni buyurib, uning evaziga 2,2 ming dollar miqdoridagi pul mablagʻlarini berishni vaʼda qilgan.
Joriy yilning 27-yanvar kuni Samarqand shahrida oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida 24 yoshli shaxs tadbirga jalb etilgan yollanma qotildan grimlangan murda fotosuratini qabul qilib olgach, 2 ming dollar miqdoridagi pul mablagʻlarini bergan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Tezkor surishtiruv harakatlari davom ettirilib, qoʻlga olingan ushbu shaxs oʻzi ishlab kelayotgan MCHJning 30 yoshli rahbari unga Toshkent shahrida yashovchi qarindoshi bilan oldindan mavjud boʻlgan nizolar hamda katta miqdordagi qarzi sababli qotil yollashga buyruq bergani aniqlanib, mazkur shaxs ham qoʻlga olingan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25-moddasi orqali 97-moddasi (qasddan odam oʻldirish) 2-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatlaridan iborat delegatsiya aʼzolari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi (+fotoreportaj)
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- Koʻrfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi
- Dunyo boʻylab qon va koʻzyosh bilan oʻtgan bir hafta — 20 ta suratda
- “Analog turmush tarzi”. Insonlarda sunʼiy intellektga qarshi kayfiyat kuchaymoqda
- Oʻzbekiston dunyodagi sayyohlar oqimi eng tez oʻsayotgan yetti mamlakatdan biri — BMT hisoboti
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring