Samarqandda Osiyo xotin-qizlari forumi oʻz ishini davom ettirmoqda

Foto: Akmal Muhammadov / “Xalq so‘zi”
Osiyo xotin-qizlari forumining 2 kuni 7-parallel sessiyasidan oʻz ishini boshladi.
Xotin-qizlar va bolalarga nisbatan zoʻravonlikning barcha shakllariga barham berishning mintaqaviy jihatlari: ularning mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga salbiy taʼsirini bartaraf etish boʻyicha profilaktik chora-tadbirlar.
Ushbu sessiya ishtirokchilari xotin-qizlarga nisbatan zoʻravonlikning tarqalishi va uning asosiy sabablari, zoʻravonlikning ularning ijtimoiy-iqtisodiy holatiga hamda oʻz kasbiy va shaxsiy intilishlarini roʻyobga chiqarish qobiliyatiga taʼsiri borligi, zoʻravonlikni kuchaytiruvchi gender kamsituvchi stereotiplarni yoʻq qilish, xotin-qizlarga nisbatan zoʻravonlikni oldini olish hamda oiladagi zoʻravonlik va kamsitishga barham berish va ularga qarshi kurashish boʻyicha bilim va vositalarni taqdim etish orqali ayollarni oila byudjetini taqsimlash jarayoniga faol jalb qilish, zoʻravonlik xavfini kamaytirish omili sifatida ayollarning iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirish, zoʻravonlikning yangi shakllari (raqamli zoʻravonlik) paydo boʻlganligi sababli samarali chora-tadbirlar koʻrishni taʼminlash, oilaviy zoʻravonlik qurbonlariga xizmat koʻrsatish tizimini rivojlantirish masalalarini muhokama qiladilar.
Foto: Akmal Muhammadov / “Xalq so‘zi”
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Samarqandda YUNESKOning 43-sessiyasiga tayyorgarlik avjida
- Turkiy xalqlarning maʼnaviy yalovbardori
- Oʻz xalqini Siz kabi chin dildan sevadigan davlat rahbarini uchratmadim – “ACWA Power” kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abunayyan
- Rossiya Osiyo grandni magʻlub etdi
- Kambagʻal oilalar farzandlarining toʻgarak xarajatlarining 80 foizgacha qismi davlat byudjeti hisobidan qoplanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring