Samarqandda “Ichki turizm yarmarkasi” oʻtkazildi

Samarqand shahridagi Sulton Hovand Beka maqbarasida konservatsiya hamda obodonlashtirish ishlari amalga oshirilgandan soʻng yana sayyohlarni chorladi. Shu munosabat bilan tadbir hamda “Ichki turizm yarmarkasi” tashkil etildi.
Yarmarkada ichki turizm sohasida faoliyat olib borayotgan turoperatorlar, turagentliklar, mehmonxonalar, xostellar, mehmon uylari hamda turizmga oid boshqa xizmat koʻrsatuvchi subyektlar vakillari qatnashdi.
Yarmarkada ishtirok etgan viloyat hokimining oʻrinbosari R.Qobilov hamda viloyat prokurorining oʻrinbosari S.Bozorov turizmni rivojlantirish viloyatimiz tarixini oʻrganish va iqtisodiyotimiz uchun foydali ekanini taʼkidladi.
Tadbir davomida turizm sohasi vakillari oʻzaro hamkorlik aloqalarini mustahkamlash, yangi shartnomalar imzolash, shuningdek, respublikaning turli hududlaridan tashrif buyurgan tadbirkorlar bilan tajriba almashish imkoniyatiga ega boʻldi.
Abdulaziz YOʻLDOSHEV
“Xalq soʻzi”
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Jahon olimlari nigohi yana Oʻzbekistonga qaratildi
- Prezident Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekiston va Turkmaniston: barqaror rivojlanish yoʻlidan borayotgan davlatlar
- Toshkentda “Oʻzbekkosmos” va “NASA” agentliklari hamkorligida “NASA Space Apps Challenge 2025” Hakaton tadbiri oʻtkazilmoqda
- Saudiya Arabistonida “Oʻzbekiston madaniyati kunlari” davom etmoqda
- Tuman va shahar hokimi oʻrinbosarlari soni qisqartiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring