Samarqandda ehtiyotsizlik oqibatida qoʻshni uy qulashi yuzasidan jinoyat ishi ochildi
Фото: Видеодан кадр
Avvalroq Samarqand viloyati Pastdargʻom tumani Juma shahrida kotlovan (xandaq) qazilayotgan paytda qoʻshni uy qulab tushgani haqida xabar berilgandi. Endilikda mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi. Bu xabarni Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov “Xalq soʻzi” ga tasdiqladi.
Maʼlum qilishicha, joriy yilning 15-may kuni fuqaro H.M. tuman IIBga ariza bilan murojaat qilib, unda tumanning Samarqand mahallasi Samarqand koʻchasi 28-raqamli yashash uyi bilan bir devor qoʻshnisi T.B. hovlisida doʻkon qurish uchun (chuqur) kotlovan qazdirganligini, oʻzi va MFY raisining quruvchilarga chuqur qazishni toʻxtatishini, aks holda yashash uyi qulab tushishini bir necha bor aytishiga qaramasdan ishni davom ettirganini bildirgan.
Arizada yozilishicha, qurilish ishlarining davom ettirilishi oqibatida kecha, 14-may kuni soat 19:45 larda H.M.ning yashash xonadoni qulab tushib, unga 300.000 AQSH dollari miqdorida moddiy zarar yetkazgan. Jabrlanuvchi fuqaro T.B.ga nisbatan qonuniy chora koʻrilishini soʻragan.
Hozirda toʻplangan hujjatlar yuzasidan Pastdargʻom tuman IIB huzuridagi Tergov boʻlimi tomonidan bugunning oʻzida Jinoyat Kodeksining 173-moddasi (Mulkni qasddan nobud qilish yoki unga zarar yetkazish) 2-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Hayot Shamsutdinovga koʻra, mazkur jinoyat ishining tergovi nazoratga olingan boʻlib, qoʻshimcha ravishda axborot berilishi taʼminlanadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Oʻzbekistonning 7 ta moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlari AYSESKO roʻyxatiga kiritildi
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- Erkaklar ayollarga nisbatan koʻproq kaloriya isteʼmol qilishi kerakmi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring