“Mikrokreditbank” Samarqand filiali rahbari pora bilan ushlandi

14:41 01 May 2022 Jamiyat
1541 0

Huquq tartibot idoralari tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish doirasida olib borilayotgan keng qamrovli tadbirlarga qaramay baʼzi bir mansabdor shaxslar hali hamon nafsini jilovlash oʻrniga bilib turib tikan bosmoqda. Mazkur toifadagi manfur shaxslarga esa jamiyatimizda jazo muqarrar. Samarqand viloyati huquqni himoya qiluvchi organlar tomonidan Samarqand shahrida oʻtkazilgan tezkor tadbir buning yaqqol misolidir.

Qayd etilishicha, Mikrokreditbankning Samarqand filiali rahbari 1982-y.t. B.H., Samarqand shahridagi MCHJga 2 milliard soʻm kredit ajratib berish evaziga tadbirkordan 10.000 AQSH dollari miqdorida pora soʻraydi. Chorasiz qolgan tadbirkordan, dastavval 4.000 AQSH dollari oladi. Soʻralgan pulning qolgan 6.000 AQSH dollarini olayotgan vaqtida esa poraxoʻr bank rahbari ashyoviy dalillar bilan qoʻlga olindi.

Hozirda, mansabdorga nisbatan, Oʻzbekiston Respublikasi JKning tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер