Samarqand tugʻuruqxonalarida oʻrinlar soni koʻpayadi
Samarqand viloyatidagi tugʻruqxonalarda joy oʻrinlari muammo ekanligi allaqachon tizim xodimlarini oʻylantirib kelayotgan muammo boʻlib, uning koʻrinishlari ijtimoiy tarmoqlarda ham oʻz aksini topmoqda.
Shuni hisobga olgan holda 2027-yilgacha viloyat tugʻuruqxonalariga bosqichma-bosqich 566 ta oʻrin ajratilishi belgilangan. Bugungi kunda hududda viloyat skrining markazi, reproduktiv salomatlik hamda perinatal markaz birlashtirilgan holda Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola ilmiy-amaliy tibbiyot markazi viloyat filiali sifatida faoliyat koʻrsatmoqda.
Bu yerda onalar hamda goʻdaklar salomatligiga kompleks tarzda yondashuv boʻlib, barcha sharoit bitta manzilning oʻzida amalga oshirilishi ayollarga qulaylikni koʻzda tutadi. Joriy etilgan mazkur tizim shartiga koʻra, kelgusida ushbu filialda qoʻshimcha binolar qurilib, sharoit yanada yaxshilanishiga erishiladi. Shuningdek, hozirda viloyatning toʻrtta tumanida mintaqaviy perinatal markazlar tashkil etildi.
— Koʻpincha Samarqand shahridagi tugʻuruqxonalarda qachon toʻliq bepul xizmat koʻrsatiladi, degan savol bilan murojaat qilishadi. Shu oʻrinda aytish kerakki, bemorlar soni belgilangan limitdan oshib ketishi natijasida ajratilgan dori vositalari hamma vaqt ham barcha davolanayotganlarga yetmasligi mumkin, — deydi Samarqand viloyat sogʻliqni saqlash boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari Jamshid Jiyanov. — Shu yildan boshlab tibbiyot muassasalarida joriy etilayotgan tibbiy sugʻurta tizimi mazkur muammoga yechim boʻla oladi. Tizim toʻliq amaliyotga tatbiq etilgach, limit tugadi, degan bahonaga oʻrin qolmaydi, deb umid qilamiz.
Abdulaziz YOʻLDOSHEV
(«Xalq soʻzi»).
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sogʻliqni saqlash vazirligi “Elektron retsept” tizimi boʻyicha rasmiy bayonot berdi
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Uchinchi Renessansga eltuvchi maʼrifat koʻprigi: Oʻzbekiston—Pokiston hamkorligining yangi bosqichi
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- “Insoniyat sivilizatsiyasiga asos boʻlgan yutuqlar shu zamindan kelib chiqqan” — Paragvay Prezidenti
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring