Samarqand shahrida “RK-2” markaziy qozonxonasi rekonstruksiya qilindi
Samarqand shahrining “Sartepa”, “Sugʻdiyona” va “Mikrorayon” hududlarida keyingi 20 yil mobaynida markazlashtirilgan issiqlik taʼminoti tizimi ishlamagan. Bu holat qish mavsumida aholi uchun qator qiyinchiliklar keltirib chiqarar edi.
Vazirlar Mahkamasining 2019-yildagi 306-son qaroriga muvofiq Samarqand shahridagi “RK-2” markaziy qozonxonasini qayta rekonstruksiya qilish ishlari belgilangan. Loyiha doirasida Jahon banki mablagʻlari hisobidan umumiy quvvati 100 MVt boʻlgan (2 ta — 30 MVt, 1 ta — 40 MVt) 3 ta qozon modernizatsiya qilindi va rekonstruksiya ishlari amalga oshirildi. Shuningdek, 39,4 kilometr issiqlik tarmoqlari tortilib, 381 ta koʻp qavatli uy-joy hamda maktab, bogʻcha va tibbiyot muassasalarini oʻz ichiga olgan 22 ta ijtimoiy soha obyektini issiqlik bilan taʼminlash koʻzda tutildi.
Viloyat hokimligi va tegishli masʼul tashkilotlar vakillari ishtirokida rekonstruksiya qilingan qozonxona foydalanishga topshirildi. Tadbir davomida amalga oshirilgan ishlar bilan yaqindan tanishildi.

Rekonstruksiya ishlari yakuniga yetkazilishi natijasida “RK-2” markaziy qozonxonasi orqali 19 250 ta xonadon joylashgan koʻp qavatli uylarni issiqlik energiyasi bilan uzluksiz taʼminlash imkoniyati yaratildi. Bu esa 53 046 nafar aholini barqaror va samarali issiqlik taʼminoti bilan qamrab olishga xizmat qiladi. Ayni paytda xonadonlarni issiqlik tizimiga ulash ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.
Issiqlik taʼminoti joriy etilayotgan hududlarda koʻp qavatli uylarga xizmat koʻrsatuvchi boshqaruv organlari va masʼullarga xonadonlarni tizimga ulash ishlarini sifatli va oʻz vaqtida bajarish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.
Mutasaddilarning taʼkidlashicha, energosamaradorlikni oshirish va markazlashtirilgan issiqlik taʼminotini modernizatsiya qilish loyihasi Samarqand shahrida zamonaviy issiqlik taʼminoti modelini joriy etish imkonini beradi. Loyiha toʻliq yakunlangach, shahardagi koʻp qavatli uy-joylarning issiqlik taʼminoti qamrovi 80 foizgacha yetkazilishi rejalashtirilgan.
Abdulaziz YOʻLDOSHEV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sogʻliqni saqlash vazirligi “Elektron retsept” tizimi boʻyicha rasmiy bayonot berdi
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Uchinchi Renessansga eltuvchi maʼrifat koʻprigi: Oʻzbekiston—Pokiston hamkorligining yangi bosqichi
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- “Insoniyat sivilizatsiyasiga asos boʻlgan yutuqlar shu zamindan kelib chiqqan” — Paragvay Prezidenti
- Dual taʼlim — yetuk mutaxassis tayyorlash kafolati
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring