Samarada ishlayotgan vatandoshlarimiz muammosi hal etildi

16:15 09 Iyun 2022 Jamiyat
498 0

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Samara shahridagi vakolatxonasiga qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirishga ixtisoslashgan Nikolayevka qishlogʻida joylashgan “Sokol Timur Ruslanovich” korxonasida mehnat qilayotgan yurtdoshlarimizdan murojaat kelib tushgan.

Oʻrganishlar davomida mazkur korxonada brigadir boʻlib ishlayotgan Rossiya Federatsiyasi fuqarosi Oʻzbekiston fuqarolarining pasportlarini olib qoʻyib, ish haqlarini bermasdan ishlatgani aniqlandi.

Korxona bosh direktori bilan oʻtkazilgan muzokaralar natijasida 5 nafar hamyurtimizning pasport, oylik ish xaqlari olib berildi. Ish beruvchi vakillari Rossiya Federatsiyasining tegishli huquqiy-meʼyoriy hujjatlari boʻyicha javobgarlikka tortilishi haqida ogohlantirildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер