Saliba “Arsenal” bilan yangi shartnoma imzoladi

“Arsenal” klubi fransiyalik himoyachisi Uilyam Saliba bilan yangi shartnoma imzoladi. Bu haqda klubning rasmiy sahifasida maʼlumot berildi.
Unga koʻra, shartnoma 4-yil muddatga tuzilgan va 2030-yilgacha amal qiladi.
“Men oʻzim bilan faxrlanaman, chunki men birinchi marta 2019-yilda shartnoma imzolagandim va hozir ham shartnomamni uzaytirish uchun shu yerdaman.
Men oʻzimni uydagidek his qilaman. Bu yer eng yaxshi joy va men bu koʻylakni kiyish imkoniga ega boʻlgan har kunimdan zavqlanaman”, degan Saliba.
Maʼlumot uchun, oldinroq ushbu futbolchining xizmatlariga Madridning “Real” klubidan qiziqishlar boʻlayotgandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Samarqandda YUNESKOning 43-sessiyasiga tayyorgarlik avjida
- Turkiy xalqlarning maʼnaviy yalovbardori
- Oʻz xalqini Siz kabi chin dildan sevadigan davlat rahbarini uchratmadim – “ACWA Power” kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abunayyan
- Rossiya Osiyo grandni magʻlub etdi
- Kambagʻal oilalar farzandlarining toʻgarak xarajatlarining 80 foizgacha qismi davlat byudjeti hisobidan qoplanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring