Sahro bulbullari nomini olgan adiblarni yodga olish yaxshi an’anaga aylanmoqda
Foto: «Xalq so‘zi»
Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetining professor-o‘qituvchilari va talaba-yoshlari Toshkent shahridagi Adiblar xiyoboniga tashrif buyurib, sahro bulbullari nomini olgan, qoraqalpoq adabiyotining ulug‘ namoyondalari haykallari poyiga gullar qo‘yishdi.
Mazkur universitet rektorati tashabbusi bilan har yili o‘tkazilishi an’anaga aylanayotgan ushbu tadbir bejizga may oyining birinchi o‘n kunligida bo‘lmayapti. Avvalo, 9 may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan ushbu ulug‘ adiblar ijodi va hayoti yodga olinib, ularga ehtirom ko‘rsatish nazarda tutilgan bo‘lsa, ikkinchidan XX asr qoraqalpoq adabiyotining ikki ulug‘ siymolari bo‘lgan Ibroyim Yusupov va To‘lepbergen Qayipbergenovlarning tavallud sanalari bilan bog‘liqdir.
“Sahro bulbullari nomini olgan adiblar” shiori ostida o‘tkazilgan adabiy-madaniy tadbirda so‘zga chiqqanlar qoraqalpoq adabiyotining buyuk vakillari Berdaq, To‘lepbergen Qayipbergenov, Ibroyim Yusupovlarning ijod yo‘li, ma’naviy merosi, ularning adabiyotimiz rivojiga qo‘shgan katta hissasiga alohida to‘xtalib o‘tdilar. Ularning ijodlari hamda kelajak avlodga qoldirgan bebaho adabiy meroslari yodga olindi.
- Har yili may oyining ilk kunlarida Toshkent shahriga kelib «Sahro bulbullari nomini olgan adiblar» mavzuida tadbir o‘tkazish yaxshi an’anaga aylanmoqda, - deydi Qoraqalpoq davlat universitetining yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektori S.Alauatdinov. - Bunday tadbirni tashkil qilishdan asosiy maqsad – kelajak avlodni Ona-vatanga, xalqqa, muhabbat va sodiqlik ruhida tarbiyalash, qardosh xalqlar o‘rtasida do‘stlik aloqalarni rivojlantirish, o‘sib kelayotgan yoshlarga buyuk bobolarimizning adabiy meroslarini tushuntirish, ularning ijodini xalqimiz orasida keng targ‘ib qilishdir.
Tadbir davomida «Sahro bulbullari nomini olgan adiblar» nomli konsert dasturi yig‘ilganlar e’tiboriga havola etildi. Shuningdek, universitetning iqtidorli talaba-yoshlari tomonidan kuy-qo‘shiqlar, oyoq o‘yinlari, milliy hunarmandchilik namunalari, rassomlar ko‘rgazmasi, va «Hurliman» xalq ansambili tomonidan buyuk bobolarimizning hayot yo‘llari va ijodiy ishlari bo‘yicha tayyorlangan musiqali sahna ko‘rinishlari tomoshabinlarga o‘zgacha zavq bag‘ishladi.
Ma’lumot uchun: O‘zbekiston Qahramoni, O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq shoiri Ibroyim Yusupov 1929 yil 5 mayda tug‘ilgan bo‘lsa, 1929 yil 7 may - O‘zbekiston Qahramoni, O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq yozuvchisi Qayipbergenov To‘lepbergen tavallud topgan kundir.
Gʻ.Otajonov, “Xalq so‘zi”
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Analog turmush tarzi”. Insonlarda sunʼiy intellektga qarshi kayfiyat kuchaymoqda
- Dunyo boʻylab qon va koʻzyosh bilan oʻtgan bir hafta — 20 ta suratda
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- “Butun el-yurtimizni birlashtiradigan ulugʻ bir gʻoya bor. U ham boʻlsa, Vatan manfaati, xalqimiz manfaatidir”
- Tarix va zamonaviylik uygʻunlashgan shahar — Turkiya poytaxtidan fotoreportaj
- Kuchli qichishish va jismoniy azobdan tashqari, insonni ruhan ham yemiradi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring