“Ruminiya-Oʻzbekiston” parlamentlararo hamkorlik guruhi bilan uchrashuv oʻtkazildi
Joriy yilning 18-noyabr kuni Istanbul shahrida YXHT Parlament assambleyasining yillik yigʻilishi doirasida Senatning Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qoʻmitasi raisining oʻrinbosari Odiljon Mamatkarimov “Ruminiya-Oʻzbekiston” parlamentlararo guruhining raisi, YXHT PA vitse-prezidenti Gabor Hadju bilan uchrashuv oʻtkazdi.
Uchrashuvda ikki mamlakat oʻrtasidagi parlamentlararo aloqalarni mustahkamlash, qonun ijodkorligi faoliyatida oʻzaro tajriba almashish, savdo-iqtisodiy va madaniy hamkorlikni faollashtirish masalalari muhokama qilindi.
Boʻlib oʻtgan uchrashuv davomida Oʻzbekiston — Ruminiya munosabatlarining bugungi holati va rivojlanish istiqbollari, shuningdek, tomonlarning xalqaro tashkilotlar doirasidagi hamkorligi masalalari muhokama qilindi. Savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytirish, oʻzaro savdo hajmlarini koʻpaytirish, qoʻshma investitsiya loyihalarini amalga oshirishga alohida eʼtibor qaratildi.
Uchrashuv yakunida ikki davlat parlamentlari oʻrtasida aloqalarni yanada mustahkamlash hamda muloqot va uchrashuvlar muntazam oʻtkazishga kelishib olindi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring