Rubio: AQSH Gʻazo ustidan nazoratni falastinliklarga topshirishni rejalashtirmoqda
AQSH Gʻazo sektorida hokimiyatni bosqichma-bosqich Falastin fuqarolik tuzilmalariga topshirishni maqsad qilgan. Bu haqda AQSH davlat kotibi Marko Rubio maʼlum qildi, deb yozadi TASS.
— Biz oxir-oqibat Gʻazoda Falastin fuqarolik hokimiyatining shakllanishini koʻrishni istaymiz. Aynan shunga intilyapmiz. Gʻazoda falastinlik politsiyaning faoliyat yuritishini ham koʻrishni xohlaymiz, — dedi Rubio.
Davlat kotibining taʼkidlashicha, Gʻazoda hokimiyatni falastinliklarga bosqichma-bosqich topshirishning oʻzgarmas sharti — HAMAS harakatining taʼsirini butunlay yoʻqotish hisoblanadi.
Rubioning soʻzlariga koʻra, kelajakda shakllantiriladigan Falastin politsiya kuchlari boshqa mamlakat mutaxassislari tomonidan tayyorlanadi va oʻqitiladi.
— Albatta, bu jarayon vaqt talab etadi. Chunki politsiyaga odamlarni shunchaki ishga olish mumkin emas — ularni tekshirish, tayyorlash, zarur infratuzilmani yaratish lozim. Bu ishga atigi yetti-sakkiz kun boʻldi, hali oldinda juda koʻp ishlar turibdi. Ammo biz bu jarayonni oxirigacha yetkazishga qatʼiy bel bogʻlaganmiz, — dedi Marko Rubio.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- Raqamli Oʻzbekiston uchun kiber-huquqshunoslar: Prezident Farmoni yuridik taʼlimning yangi davrini ochadi
- Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatlaridan iborat delegatsiya aʼzolari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi (+fotoreportaj)
- Koʻrfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi
- Dunyo boʻylab qon va koʻzyosh bilan oʻtgan bir hafta — 20 ta suratda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring