Rossiyaning “doʻsti” Ukrainaga bordi. Tashrifdan maqsad nima?

France 24
Vengriya bosh vaziri Viktor Orban Kiyevga tashrif buyurdi. Bu Rossiya va Ukraina oʻrtasida boshlangan konfliktlardan 2-yil oʻtib sodir boʻldi. Yevropa Ittifoqining Ukrainani qoʻllab-quvvatlashini qattiq tanqid qiluvchi bosh vazir Vladimir Zelenskiy bilan ikki tomonlama munosabatlarni muhokama qilmoqchi. Bu haqda “France 24” nashri xabar qildi.
Xalqaro siyosatchilarga koʻra, bu tashrif “majburiyat yuzasidan” boʻldi, chunki Vengriya Yevropa Ittifoqiga raislik qilayotgan bir davrda bunday siyosiy tarafkashlik mamlakat obroʻsiga jiddiy taʼsir qilishi mumkin.
Viktor Orban, avvalroq, Yevropaning Ukrainaga moliyaviy va harbiy yordamini tanqid qilgan va 50 milliard yevrolik paketini vaqtincha bloklagan edi. Vengriyalik siyosatchi Yevropa Ittifoqining yirik yordamlariga qarshi boʻlishiga qaramay, u Ukraina bilan rasmiy aʼzolik muzokaralarini ochishga qaratilgan harakatiga veto qoʻymadi.
Vengriya bosh vaziri Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan iliq munosabatlarni saqlab qolganlikda ayblanadi. Garchi uning oʻzi mamlakati manfaati uchun barcha bilan munosabat oʻrnatganligi, shaxslar u uchun ahamiyatli emasligini aytib kelsa-da, ayblovlar doimiy tarzda yangrab turadi.
Tashrif Vengriya Yevropa Ittifoqiga raislik qilganidan bir kun oʻtib, ittifoqning keyingi olti oylik kun tartibiga taʼsir koʻrsatgan. Uning matbuot kotibi Bertalan Xavasi Zelenskiy bilan muloqotning asosiy mavzusi tinchlik oʻrnatish imkoniyati boʻlishini aytdi. Zelenskiy Vengriya oʻz raisligi davrida umumiy Yevropa qadriyatlari va maqsadlarini ilgari surishiga umid bildirdi.
Maʼlumot uchun aytish mumkinki, Vengriya Ukrainaga chegaradosh boʻlishiga qaramay, Yevropa Ittifoqining aksariyat davlatlariga qaraganda kamroq ukrain qochqinlarni qabul qilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalar miqdori 10 foizga oshiriladi
- Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyatlar xronologiyasi yoxud bugungi “urush”ning ildizi qayerda?
- Olimlar Alsgeymer kasalligidan himoya qiluvchi parhez haqida maʼlumot berishdi
- Dollar kursi oshishda davom etmoqda
- Parkentda yiliga 20 ming sayyohni qabul qiladigan turistik majmua ochilmoqda
- Oʻzgarishlarni soʻz bilan uygʻotgan jurnalist
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring