Rossiyaning “Avangard” harbiy-kimyo zavodida portlash sodir boʻldi
Rossiyaning Boshqirdiston Respublikasiga qarashli Sterlitamak shahrida joylashgan “Avangard” harbiy-kimyo zavodida portlash sodir boʻldi. Bu haqida “Bild” nashri xabar berdi.
Unda aytilishicha, kecha, 17-oktyabr kuni tunda Rossiyaning Sterlitamak shahridagi “Avangard” harbiy-kimyo zavodida kuchli portlash sodir boʻlgan. Mazkur fojia oqibatida uch nafar ayol halok boʻlgan.
Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, hodisa oqibatida yana 8 nafar kishi turli darajadagi tan jarohatlari olib, shifoxonalarga joylashtirilgan.
“Portlash dron hujumi oqibatida sodir boʻlganmi yoki yoʻq, turli taxminlar bor. Hozirda sud-tibbiyot ekspertlari portlash sabablarini oʻrganishmoqda. Zavod ancha eski, lekin u muhim milliy vazifani bajaradi”, deydi — Boshqirdiston respublikasi rahbari Radiy Xabirov oʻzining Telegramʼdagi rasmiy sahifasida.
Maʼlumot uchun, zavod Rossiya Mudofaa sanoati tizimiga kiradi va asosan harbiy kimyo texnologiyalari, portlovchi moddalarga oid komponentlar va texnik materiallar ishlab chiqarish bilan shugʻullanadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring