Rossiyada yadroviy sinovlarni boshlash ehtimoli boʻyicha takliflar tayyorlanadi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin mamlakat xavfsizlik kengashi doirasida yadroviy qurol sinovlariga tayyorgarlik koʻrish boʻyicha ishlarni boshlash ehtimoli yuzasidan maʼlumot toʻplash, tahlil oʻtkazish va tegishli takliflar ishlab chiqishni topshirdi. Bu haqda RBK xabar berdi.
Putin bu topshiriqni Xavfsizlik kengashi aʼzolari bilan oʻtkazilgan yigʻilish chogʻida bergan.
“Tashqi ishlar vazirligi, Mudofaa vazirligi, maxsus xizmatlar hamda tegishli fuqaroviy idoralarga ushbu masala boʻyicha qoʻshimcha maʼlumot toʻplash, uni Xavfsizlik kengashi doirasida tahlil qilish va yadroviy qurol sinovlariga tayyorgarlik ishlarini boshlash ehtimoli yuzasidan uzviy takliflar kiritishni topshiraman”, — dedi Putin.
Putinning soʻzlariga koʻra, Rossiya rahbariyatining Yadro sinovlarini toʻliq taqiqlash toʻgʻrisidagi shartnoma (CTBT) qoidalaridan chekinish niyati yoʻq. Biroq shartnoma ishtirokchisi boʻlgan boshqa davlatlar sinov oʻtkazsa, Rossiya “mos va adekvat javob choralarini koʻrishga majbur boʻladi”.
Eslatib oʻtamiz, bundan avval AQSH prezidenti Donald Tramp Vashington yadroviy qurol sinovlarini boshlashi mumkinligini aytgan edi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring