Rossiyada qiyin ahvolda qolgan 8 nafar Oʻzbekiston fuqarosi vatanga qaytarildi

15:24 23 Avgust 2025 Jamiyat
188 0

Rossiyaning Novosibirsk shahrida ogʻir hayotiy vaziyatga tushib qolgan 8 nafar hamyurtimiz Oʻzbekistonga qaytarildi. Bu haqida “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.

Unda aytilishicha, mazkur insonparvarlik koʻmagi yurtimizda 30-iyuldan 30-avgustgacha eʼlon qilingan “Vatanga qaytarish” tadbiri doirasida Oʻzbekistonning Novosibirsk shahridagi Bosh konsulxonasi va Migratsiya agentligi vakolatxonasi tomonidan amalga oshirilgan.

Bosh konsulxona va Migratsiya agentligi vakolatxonasi koʻmagida yurtdoshlarimiz uchun aviachiptalar xarid qilingan. Ular joriy yilning 20-avgust kuni “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasining “Novosibirsk-Toshkent” reysi bilan Oʻzbekistonga kuzatib qoʻyilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер