Rossiyada poyezd toʻqnashuvi oqibatida 14 ta vagon relsdan chiqib ketdi
Rossiyaning Amur viloyatida yuk mashinasi va poyezd toʻqnashib ketishi oqibatida 14 ta vagon relsdan chiqib ketdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.
Yoʻl transport hodisasi Trans-Baykal temir yoʻlining Muz bekati kesishmasida 23-oktabr kuni sodir boʻldi.
Maʼlumotlarga koʻra, yuk mashinasi haydovchisi yaqinlashib kelayotgan poyezd oldidan taqiqlovchi signal bilan yoʻlga chiqqan. Yoʻl harakati qoidalarini buzgan haydovchi favqulodda tormozni qoʻllasada, toʻqnashuvdan qochib qutula olmagan.
Hodisa oqibatida haydovchi vafot etgan, poyezdning lokomotivi va 14 ta vagoni esa relsdan chiqib ketgan.
Favqulodda vaziyat tufayli Omsk - Vladivostok yoʻnalishidagi 8-sonli yoʻlovchi poyezdi kechikayotganligi maʼlum qilindi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring