Rossiyada oʻzbekistonlik xonandaning konsertida reyd oʻtkazilgani yuzasidan munosabat berildi
Videodan kadr
Avvalroq Rosgvardiya va boshqa huquq-tartibot organlari Rossiyaning Krasnoyarsk oʻlkasi Yemelyanovskiy tumanida oʻzbekistonlik xonanda Jaloliddin Ahmadaliyev konsert berayotgan “Korona” ziyofat zalida reyd oʻtkazgani haqida xabar berilgan edi. Migratsiya agentligi mazkur holat yuzasidan munosabat bildirdi.
Maʼlum qilinishicha, agentlikning Rossiyadagi vakolatxonasi tomonidan Oʻzbekiston fuqarolarining huquq va manfaatlarini himoya qilish maqsadida, litsenziyaga ega advokat voqea joyiga yuborilgan. Ayni paytda mazkur holat Rossiya Federatsiyasining amaldagi qonunchiligi doirasida oʻrganilmoqda.
“Mamlakatimiz fuqarolarining huquqiy himoyasi taʼminlanadi”, deyiladi Migratsiya agentligi xabarida.
Rosgvardiya Jaloliddin Ahmadaliyevning konsertida reyd oʻtkazdi
Joriy yilning 22-sentyabr kuni Rossiyaning Krasnoyarsk oʻlkasi Yemelyanovskiy tumanida oʻzbekistonlik xonanda Jaloliddin Ahmadaliyev konsert berayotgan “Korona” ziyofat zalida huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan reyd tashkil etildi.
Maʼlumotlarga koʻra, reyd davomida jami 620 nafar mehmon tekshiruvdan oʻtkazilgan. Ular orasida 210 nafar xorijlik fuqaro ham bor. Tintuvning asosiy maqsadi Rossiyaga chet eldan kelgan fuqarolar va giyohvand moddalar savdosi bilan shugʻullanishi mumkin boʻlgan shaxslarni aniqlashdan iborat boʻlgan. Shunga qaramay, hech bir mehmondan taqiqlangan narsa yoki modda topilmagan.
Shu bilan birga, 26 nafar xorijlik politsiya boʻlimiga olib ketilgan. Tekshiruvlar jarayonida ulardan sakkiz nafari Rossiya hududida noqonuniy ravishda boʻlgani aniqlangan.
Reyd natijasida jami 19 ta maʼmuriy bayonnoma tuzilgan. Ular chet el fuqarolari yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxslar tomonidan Rossiyaga kirish yoki u yerda boʻlish, shuningdek, immigratsiya qoidalarini buzish bilan bogʻliq holatlardir.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Doʻstlik va hamkorlikni kengaytirgan forum (+fotoreportaj)
- «Yevroosiyo Banki» Aksiyadorlik jamiyatining tugatish komissiyasi xabari
- Namangan – yangilanish va goʻzallik shahri
- Oʻzbekiston yoki Misr. Qaysi terma jamoa kuchli?
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring