Rossiyada oʻzbekistonlik erkak 7-qavatdan qulagan bolani qutqardi

10:33 23 Fevral 2026 Jamiyat
414 0

Videodan kadr

Rossiyaning Sankt-Peterburg shahridagi koʻp qavatli uy derazasidan qulagan bolani oʻzbekistonlik migrant qutqarib qoldi. Bu haqda “ExpressAsia” xabar bermoqda.

Maʼlumotlarga koʻra, Sankt-Peterburg shahri Petrozavodskaya koʻchasida yetti yoshli bola yettinchi qavat deraza toʻsigʻiga osilib qolgan. Shu paytda uni bino ostida ishlayotgan Xayrullo ismli oʻzbekistonlik migrant payqab qolgan.

U bolaga baqirib, uni toʻxtatishga uringan, vaziyat jiddiylashganini anglagach esa oyna ostiga yaqinlashgan. Bola kuchsizlanib, boshi bilan pastga qulagan paytda, Xayrullo uni havoda ilib olishga ulgurgan, bagʻriga bosib, zarbani yumshatgan. Shundan soʻng u bolani podyezdga olib kirib, tez yordam kelguniga qadar uni hushiga keltirishga harakat qilgan.

Bola tirik qolgan va hozirda reanimatsiya boʻlimida davolanmoqda, uning ahvoli barqaror deb baholangan. Oʻzbekistonlik fuqaro yengil jarohatlar olgan, unda jiddiy shikastlanish qayd etilmagan. Maʼlum boʻlishicha, 36 yoshli qutqaruvchi Peterburgda uylarga xizmat koʻrsatuvchi pudrat tashkilotida ishlaydi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер