Rossiya va Ukraina oʻrtasidagi muzokaralarning yangi bosqichi Vatikanda boʻlib oʻtishi mumkin
Illyustrativ foto
Rossiya va Ukraina oʻrtasidagi muzokaralarning yangi bosqichi iyun oyi oʻrtalarida Vatikanda boʻlib oʻtishi mumkin. Bu haqda “The Wall Street Journal” oʻz manbalariga tayanib xabar tarqatdi.
Manbaga koʻra, AQSH prezidenti Donald Tramp oʻtgan yakshanba kuni Yevropa yetakchilariga Davlat kotibi Marko Rubio va maxsus elchi Keyt Kellogni ushbu muzokaralarga yuborishi mumkinligini aytgan.
Avvalroq, Rim papasi Leo XIV Italiya bosh vaziri Jorjia Meloni bilan suhbatda Rossiya va Ukraina oʻrtasidagi muzokaralarni Vatikanda oʻtkazishga tayyorligini tasdiqlagan edi. Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Vatikanning taklifini izohlar ekan, Rossiya va Ukraina oʻrtasida keyingi muzokaralar oʻtkazish joyi boʻyicha qaror hali qabul qilinmaganini aytdi.
Juma kuni Vatikan davlat kotibi kardinal Piyetro Parolin Rim papasi Leo XIV Vatikanni Rossiya va Ukraina oʻrtasidagi muzokaralar uchun joy sifatida taklif qilish niyatida ekanini aytdi. Marko Rubio shanba kuni Vatikanda Ukraina masalasini hal qilish boʻyicha uchrashuv oʻtkazish mojaroning har ikki tomoni uchun qulay boʻladi, degan fikrni bildirdi.
Leo XIV oʻtgan haftada Vatikan butun dunyo boʻylab harbiy mojarolarni hal qilishda vositachi boʻlishga tayyorligini eʼlon qildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sogʻliqni saqlash vazirligi “Elektron retsept” tizimi boʻyicha rasmiy bayonot berdi
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Uchinchi Renessansga eltuvchi maʼrifat koʻprigi: Oʻzbekiston—Pokiston hamkorligining yangi bosqichi
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- “Insoniyat sivilizatsiyasiga asos boʻlgan yutuqlar shu zamindan kelib chiqqan” — Paragvay Prezidenti
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring