Rossiya Ukrainaning energetika infratuzilmasiga zarba berdi
Kecha, 6-fevral kuni tunda Rossiya qoʻshinlari Ukraina energetika infratuzilmasiga navbatdagi yirik hujumni amalga oshirdi, deb xabar bermoqda “BILD” Nashri.
Maʼlum qilinishicha, mazkur hujum oqibatida Ukrainaning bir qator yirik hududlaridagi elektr taʼminotida uzilishlar kuzatilgan. Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyning taʼkidlashicha, hujumda 400 dan ortiq dron va taxminan 40 ta raketa qoʻllanilgan.
Ushbu hujumdagi asosiy nishonlar sifatida elektr tarmoqlari, elektr stansiyalari va podstansiyalar tanlangan. Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, Volin, Ivano-Frankovsk, Lvov va Rovno viloyatlari, shuningdek Kiyev va Xarkov shaharlarida ham energetika infratuzilmasi zararlangani toʻgʻrisida xabar berilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
- “Yangi Oʻzbekiston yulduzlari” milliy mukofoti xalqaro darajaga koʻtarilmoqda
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Tramp Kubadan kelayotgan tahdid sabab AQSHda favqulodda holat eʼlon qildi
- Toshkentdagi Xalqaro kongress markazida Osiyo Olimpiya kengashining 46-Bosh Assambleyasi boʻlib oʻtmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring