Rossiya Strategik qurollarni qisqartirish boʻyicha shartnomadagi ishtirokini toʻxtatadi — Vladimir Putin

Foto: Reuters
Moskva Strategik qurollarni qisqartirish boʻyicha shartnomadagi ishtirok etishni toʻxtatmoqda, biroq Rossiya undan chiqmayapti.
Bu haqda seshanba kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin Federal Majlisga yoʻllagan murojaatida maʼlum qildi.
“Men bugun eʼlon qilishim kerakki, Rossiya Strategik hujum qurollari toʻgʻrisidagi shartnomadagi ishtirokini toʻxtatmoqda”, dedi davlat rahbari. Prezidentning soʻzlariga koʻra, Moskva shartnomadan chiqmayapti, yaʼni ishtirok etishni toʻxtatmoqda.
Prezident shartnoma doirasidagi ishlarni davom ettirish masalasini muhokama qilishga qaytishdan oldin Rossiya tomoni Fransiya va Buyuk Britaniya kabi NATO davlatlari nimaga daʼvo qilayotgani va ularning strategik arsenallari qanday hisobga olinishini oʻzi tushunishi kerakligini taʼkidladi.
“Yaʼni alyansning umumiy zarba salohiyati. Ular oʻz bayonotlari bilan, aslida, bu jarayonda ishtirok etishga ishora berishdi... Faqat hammaga yana yolgʻon gapirishga, oʻzini tinchlik va barqarorlik tarafdori sifatida koʻrsatishga urinishning hojati yoʻq”, deydi Putin.
Putinning soʻzlariga koʻra, AQSHlik ayrim shaxslar yadroviy qurolni sinovdan oʻtkazish haqida oʻylamoqda, Vashington yadro qurolining yangi turlarini yaratmoqda.
Prezidentning taʼkidlashicha, Rossiya yadro qurolining ayrim turlaridan jangovar foydalanish uchun kafolat muddati tugayotganini biladi.
Putinning shartnomani toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi qaroridan AQSH va NATOning hafsalasi pir boʻldi
Putin Federal majlisga qilgan murojaatida Rossiya strategik hujum qurollari boʻyicha shartnomadagi ishtirokini toʻxtatayotganini, goʻyoki AQSH va NATO oʻz maqsadlari Rossiyani “strategik magʻlubiyat” deb eʼlon qilgani uchun eʼlon qildi. Vaholanki, 2021-yil, Rossiyaning Ukrainaga hujumidan sal oldin, Putin shartnomani yana besh yilga uzaytirgan edi.
Bu Amerika tomoni va Shimoliy Atlantika alyansi rahbariyatining ushbu qarorga birinchi munosabatidir.
“Rossiyaning shartnomadagi ishtirokini toʻxtatayotgani haqidagi bayonoti masʼuliyatsizlik va chuqur afsusdir”, dedi AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken.
Uning soʻzlariga koʻra, Qoʻshma Shtatlar dunyoda yoki Rossiya-Amerika munosabatlarida boshqa nima boʻlayotganidan qatʼi nazar, istalgan vaqtda Rossiya bilan strategik qurollarni cheklash masalasini muhokama qilishga tayyor.
Blinkenning qoʻshimcha qilishicha, Vashington, shuningdek, Rossiya amalda nima qilayotganini ham diqqat bilan kuzatib boradi..
“Hech kim Rossiyaga hujum qilmayapti. Rossiya Ukraina yoki boshqa birov tomonidan har qanday harbiy tahdid ostida boʻlgan degan fikrda qandaydir bemaʼnilik”, deydi AQSH milliy xavfsizlik boʻyicha maslahatchisi Jeyk Sallivan.
NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg Moskvaning shartnomadagi ishtirokini toʻxtatish qaroridan afsusda ekanini aytdi.
“Soʻnggi yillarda Rossiya qurol nazorati boʻyicha asosiy kelishuvlarni buzdi va undan chiqdi. Bugungi qarori bilan qurollarni nazorat qilish arxitekturasi butunlay yoʻq qilindi. Men Rossiyani oʻz qarorini qayta koʻrib chiqishga va mavjud kelishuvlarga rioya qilishga chaqiraman”, deydi Stoltenberg.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Saudiya Arabistonida “Oʻzbekiston madaniyati kunlari” davom etmoqda
- Toshkentda “Oʻzbekkosmos” va “NASA” agentliklari hamkorligida “NASA Space Apps Challenge 2025” Hakaton tadbiri oʻtkazilmoqda
- Super oy: Bugun Yerning tabiiy yoʻldoshi odatdagidan ancha katta koʻrinmoqda
- Aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish tartibi belgilandi
- Markaziy Osiyo pedagoglari Nukusda jam boʻldi
- Samarqandda YUNESKOning 43-sessiyasiga tayyorgarlik avjida
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring