Rossiya samolyoti Toshkentga favqulodda qoʻnishga majbur boʻldi
Rossiyaning “Aeroflot” aviakompaniyasining Fargʻona—Moskva yoʻnalishi boʻyicha SU1971 reysini amalga oshirayotgan samolyot Toshkent aeroportiga favqulodda qoʻnishni amalga oshirdi. Bu haqda Uzbekistan Airports matbuot xizmati maʼlum qildi.
Bunga yoʻlovchilardan birining sogʻligʻi yomonlashgani sabab boʻlgan. Ekipaj muqobil aerodromga borishga qaror qildi.
Boeing 737 samolyoti mahalliy vaqt bilan 22:11 da poytaxtga kelib qoʻndi. Samolyotdan yoʻlovchi (1954-yilda tugʻilgan ayol) va uning yuklari tushirilgach insult gumoni bilan Toshkentdagi tibbiyot muassasalaridan biriga yotqizildi.
Samolyot Toshkent vaqti bilan soat 23:02 da Moskvaga uchdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekiston armiyasi Markaziy Osiyoda birinchi o'rinda — dunyo armiyalari reytingi eʼlon qilindi
- “Yangi Oʻzbekiston yulduzlari” milliy mukofoti xalqaro darajaga koʻtarilmoqda
- Oʻzbekistonda ilmiy laboratoriyalarning sunʼiy intellektga asoslangan yagona ilmiy platformasi ishga tushiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring