Oliy Majlis Senatining oʻn uchinchi yalpi majlisi oʻz ishini boshladi

10:20 05 Fevral 2026 Siyosat
263 0

Bugun, 2026-yil 5-fevral kuni, Toshkent shahrida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining oʻn uchinchi yalpi majlisi oʻz ishini boshladi.

Unda Senat, hukumat aʼzolari, vazirlik va idoralarning vakillari, mahalliy Kengashlarning deputatlari, Senat huzuridagi Yoshlar parlamenti aʼzolari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari qatnashmoqda.

Yalpi majlisni Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva olib bormoqda.

Yalpi majlisda masalalar muhokamasi jarayonini Senatning YouTube tarmogʻidagi sahifasi orqali onlayn kuzatib borishingiz mumkin.

Akmal MUHAMMADOV, Yunus BOʻRIYEV

(“Xalq soʻzi”) olgan suratlar.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?