Rossiya Kiyevga hujum qildi. Qurbonlar bor
Kecha, 24-noyabr kuni tunda Rossiyaning Kiyevni oʻqqa tutishi oqibatida kamida olti kishi halok boʻldi. Bu haqida BILD nashri xabar berdi.
Unda aytilishicha, Rossiya kuchlarining Kiyevga hujumi 25-noyabrga oʻtar kechasi amalga oshirilgan. Maʼlumotlarga koʻra, mazkur hujumda dronlar va raketalardan foydalanilgan.
Kiyev meri Vitaliy Klichkoning taʼkidlashicha, hujum oqibatida kamida olti kishi halok boʻlgan, yana 13 kishi esa turli darajadagi tan-jarohatlari olib, shifoxonalarga joylashtirilgan.
Shuningdek, mazkur hujum oqibatida poytaxtning yetti tumanida issiqlik tizimi oʻchirilgan. Bundan tashqari, turar-joy binolari, jumladan, shaharning Pecherskiy tumanidagi 22 qavatli bino ham zararlangan.
Ukraina favqulodda vaziyatlar davlat xizmati maʼlumotlariga koʻra, Ukraina janubidagi Odessa viloyati ham oʻqqa tutilgan. Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, ushbu hujum oqibatida kamida olti kishi, jumladan, ikki nafar bola jarohatlangan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring