Ronalduning jamoasi Saudiya Arabistoni Superkubogi finaliga chiqdi

Bugun Gonkongda Saudiya Arabistoni Superkubogi musobaqasi oʻyinlari boshlandi. Taʼkidlash kerakki, tashkilotchilar bu gal musobaqani Ispaniyadagi anʼanadan andoza olgan holda 4 ta jamoa bilan oʻtkazmoqda.
Bugun turnirni mamlakatning amaldagi chempioni “Al-Ittihod” va yakunlangan mavsumda bronza medaliga ega chiqqan “Al-Nasr” jamoalari boshlab berdi.
Qiziqarli kechgan oʻyin Ronaldu boshchiligidagi jamoaning 2:1 hisobidagi gʻalabasi bilan yakunlandi.
Gollarga “Al-Nasr”dan Sadio Mane va jamoaga yangi kelib qoʻshilgan Joau Feliks mualliflik qildi. “Al-Ittihod”ning javob goli Stiven Bergveyn hisobiga yozildi.
Shu tariqa yozgi transferlar oynasida 57 million yevro sarflagan “Al-Nasr” jamoasi Saudiya Arabistoni Superkubogining finaliga yoʻl oldi. Endi jamoa musobaqaning bosh sovrini uchun “Al-Hilol” va “Al-Qadsiya” oʻyini gʻolibiga qarshi oʻynaydi. Mazkur bahs 23-avgust kuni oʻtkaziladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Jahon olimlari nigohi yana Oʻzbekistonga qaratildi
- Prezident Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi oʻzgardi
- Prezident Ismoil Joʻrabekov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi
- Oʻzbekiston va Turkmaniston: barqaror rivojlanish yoʻlidan borayotgan davlatlar
- Tadbirkorlar yangicha yondashuvlar asosida qoʻllab-quvvatlanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring