Robot nogironlarning joniga oro kiradi
Istam IBROHIMOV/“Xalq soʻzi”. Buxoro davlat tibbiyot institutining simulyatsiya markazi yana bir noyob uskuna bilan boyidi. Biz robot – ekzoskeletni nazarda tutayapmiz.
Gap shundaki, mazkur zamonaviy davolash vositasi oliy oʻquv yurti jamoasiga malakali tibbiyot mutaxassislari tayyorlashda qoʻl keladi. Bugina emas, ekzoskelet orqali qator xastaliklarga davo topish mumkin boʻladi. Xususan, insult, bosh miya jarohatlaridan keyingi falajlanish, chanoq-son va tizza boʻgʻimlari jarrohlik amaliyotlaridan soʻng tiklanish jarayonida u juda asqatadi.Soddaroq qilib aytganda, robot toʻshakka mixlanib qolgan bemorlarning oyoqqa turib ketishida, hatto qaynoq mehnat jabhasiga qaytishida, yurgani qiynalgan bolajonlarning, umuman, nogironlarning reabilitatsiyasida muhim oʻrin tutadi.
Bevosita tibbiyot instituti simulyatsiya markaziga kelsak, uning qurilishi uchun 11 milliard soʻm miqdorida mablagʻ sarflangan. Institut kampusi loyihasi esa davlatimiz rahbarining 2017-yil 10-11-mart kunlari Buxoro viloyatiga tashrifi chogʻida taqdim qilingan va shu asosda bunyod etilgan. Ayni damda bu yerda 6500 nafar mahalliy va xorijiy talaba saboq olmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Komiljonov Muxammadsolih Sobirjon oʻgʻlining “Salomatlik landshaftlarini tashkil etish tamoyillarini ishlab chiqish” mavzusidagi (arxitektura fanlari boʻyicha) falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasining himoyasi eʼloni
- Tehronda vaziyat jiddiy: poytaxt aholisi evakuatsiya qilinishi mumkin
- «Yevroosiyo Banki» Aksiyadorlik jamiyatining tugatish komissiyasi xabari
- Namangan – yangilanish va goʻzallik shahri
- Doʻstlik va hamkorlikni kengaytirgan forum (+fotoreportaj)
- Oʻzbekiston yoki Misr. Qaysi terma jamoa kuchli?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring