Respublika perinatal markazi karantinga yopildi. Homilador ayolda koronavirus aniqlangan

15:35 19 Aprel 2020 Jamiyat
1877 0

Bu haqda bugun AOKA huzuridagi shtabda boʻlib oʻtgan brifingda Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Koronavirusga qarshi kurash shtabi aʼzosi Habibulla Oqilov maʼlumot berdi.

Unda qator muhim savol va murojaatlar yuzasidan javoblar qaytarildi.

Savol: 27-martda karantinga olingan edik. Bizning hududda bir kishidan koronavirus aniqlandi. Karantin muddati uzaytiriladimi?

Javob: Karantin qoidalariga koʻra aloqada boʻlganlar orasida infeksiya yuqtirgan bemor aniqlansa, qolganlar uchun ham karantin uzaytiriladi.

Savol: Shahar ichkarisidagi xususiy mehmonxonalarda koronavirusga gumonlanuvchilarni karantinga joylashtirish epidemiologik va huquqiy jihatdan toʻgʻrimi?

Javob: Darhaqiqat, shahar ichidagi ayrim xususiy mehmonxonalarda yashash uchun karantin hududi tashkil etilgan. Biroq bu gumon qilinganlar uchun emas, balki ishlashda davom etayotgan tashkilot va idora xodimlari uchun.

Ular uchun alohida transport yoʻlga qoʻyilgan. mehmonxona atrofi maxsus qoʻriqlanadi va bu jarayon masofani saqlanganda, qoʻshnilar uchun xavf tugʻdirmaydi

Savol: Xalqaro yoʻnalishdagi xorijdan qaytgan haydovchilar uchun koronavirusga tahlil topshirishni qanday tashkillashtirish mumkin?

Javob: Koronavirusga tahlilni kasallik alomatlari boʻlganda topshirish zarur. Alomatlar boʻlmaganda shart emas.

Hozirgi vaqtda maxsus komissiya tomonidan tahlil oʻtkazish huquqini xususiy klinikalarga ham berish masalasi oʻrganilmoqda. Shundan soʻng istagan kishi tahlil topshirishi mumkin.

Savol: Respublika perinatal markazini homilador va xodimlari bilan nega va qancha muddatga yopishdi?

Javob: 16-aprel kuni homilador ayolda koronavirus infeksiyasi aniqlandi. U maxsus ajratilgan 3 tugʻuruqxonaga koʻchirildi. RPM karantinga yopildi.

Hozircha xodim va boshqa homiladorlarda koronavirus aniqlanmadi. Perinatal markaz qachon ochilishi masalasi karantin qoidalariga mos holda hal etiladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер