Respublika maxsus komissiyasi tomonidan yana bir qaror qabul qilindi
Joriy yilning 20-fevralidan Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan kelishilgan holda, sanitariya-epidemiologiya meʼyorlari va qoidalari talablariga qatʼiy muvofiq ravishda Oʻzbekiston Respublikasi hududida xalqaro koʻrgazma va yarmarkalar oʻtkazishga ruxsat etildi.
Bu haqda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi axborot xizmati maʼlum qildi.
Xalqaro koʻrgazma va yarmarkalarni tashkil etish doirasida quyidagi talablar belgilangan:
tashkilotchi Respublika hududida sanitariya-epidemiologiya xizmati xodimlarini shartnoma asosida jalb qilgan holda tashkil etilayotgan tadbirlarning barcha bosqichlarida epidemiologik tartiblarga rioya etilishi ustidan nazoratni taʼminlashi shart;
barcha tadbir ishtirokchilaridan himoya niqobi yoki respirator taqishlari talab qilinadi;
tadbirga kirishda barcha ishtirokchilar pirometrlar yordamida haroratni oʻlchash jarayonidan oʻtishi talab etiladi, yuqori harorat yoki yuqumli kasalliklar belgilari boʻlgan shaxslarga tadbirda qatnashishga ruxsat berilmaydi;
Ekspozitsiyalar orasidagi masofa kengligi kamida 3 metr boʻlishi kerak;
tadbir oʻtkazish joylarida shamollatish tizimlari kirayotgan havoning chiqayotganidan ustunligini taʼminlashi kerak.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring