“Real Madrid” futbolchisi faoliyatini Germaniyada davom ettiradi

16:49 26 Avgust 2025 Sport
178 0

“Real Madrid”ning sobiq himoyachisi Lukas Vaskes “Bayer” jamoasi aʼzosiga aylanadi. Bu haqda insayder Fabritsio Romano maʼlum qildi.

2015-yildan beri “Real Madrid”ning asosiy jamoasida oʻynab kelgan Lukas, oʻtgan mavsum yakunida “qirollik klubi” bilan xayrlashgandi. Uning yangi jamoasidagi yillik maoshi taxminan 4 million yevro atrofida boʻlishi aytilmoqda.

Maʼlumot uchun, 10-yil mobaynida “Real Madrid” safida oʻynagan Lukas Vaskes “qaymoqranglilar” safida 402 ta oʻyinda maydonga tushib, jami 38 ta gol urdi va 73 ta golli uzatma amalga oshirdi. Jamoa bilan birgalikda 5-marta UEFA Chempionlar Ligasida gʻolib boʻldi. 4-marta Ispaniya La Ligasi gʻolibligini qoʻlga kiritdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер