“Real Madrid” fantastik transferga tayyor – OAV
Foto: Reuters
“Arsenal” himoyachisi Vilyam Salibaning kelajagi atrofidagi transfer mish-mishlari yana kuchaydi. Fransiyaning nufuzli “LʻÉquipe” nashri xabariga koʻra, futbolchining vakillari bir necha haftadan buyon Madridning “Real” klubi bilan muzokaralar olib bormoqda.
Manbalar taʼkidlashicha, “Real Madrid” hozircha Salibani qoʻlga kiritish boʻyicha eng yaxshi imkoniyatga ega boʻlgan klub sifatida koʻrilyapti. Salibaning oʻzi esa transferga bosim oʻtkazishni istamayapti.
“Arsenal” ham ehtimoliy ketish holatini hisobga olib, Salibaning oʻrnini bosishi mumkin boʻlgan futbolchilarni koʻzdan kechira boshlagan. Jumladan, portugaliyalik yosh himoyachi – “Sporting” safida toʻp surayotgan Usmon Diomandega qiziqish bildirayotganliklari haqida xabarlar tarqaldi. Diomande uchun kurashga “Chelsi” va “Nyukasl” kabi boshqa APL klublari ham qoʻshilgan.
Ayni paytda “Arsenal” Salibani jamoada saqlab qolish tarafdori. Biroq himoyachining shartnomasi hali uzaytirilmagani, “Real”ning jiddiy qiziqish bildirayotgani va transfer bozori faollashgan bir pallada klub bu ehtimoliy ketishga oldindan tayyor boʻlishi lozimligini anglab yetgani aytiladi. Saliba atrofidagi voqealar tez orada London klubining yozgi transfer siyosatiga jiddiy taʼsir koʻrsatishi mumkin.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Doʻstlik va hamkorlikni kengaytirgan forum (+fotoreportaj)
- Oʻzbekiston yoki Misr. Qaysi terma jamoa kuchli?
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- “Loʻlilar faqat tilanchimi?...” Ular yashayotgan mahalladan fotoreportaj
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring