“Real Madrid” 10 ta futbolchisisiz “Alaves”ni magʻlub etdi
Kecha, 14-dekabr kuni Ispaniya La Ligasining 16-tur oʻyinlari davom ettirildi. Kun doirasidan oʻrin olgan bahsda “Real Madrid” klubi safarda “Alaves” mehmoni boʻldi.
Taʼkidlash kerakki, ushbu oʻyin oldidan “Real Madrid”ga 10 nafar futbolchisi yordam bera olmasligi maʼlum edi va shunday boʻlsa-da, agar jamoa magʻlubiyatga uchrasa, Xabi Alonso ishdan boʻshatilishi aytilgandi. Lekin amalda Madrid klubi gʻalaba qozondi.
Uchrashuvda hisob 24-daqiqada Kilian Mbappe tomonidan ochildi. Bu Mbappening joriy mavsumdagi 17-goli boʻldi. Birinchi boʻlim 0:1 hisobida yakunlandi.
Ikkinchi boʻlimning 68-daqiqasida mezbonlar aʼzosi Karlos Visente hisobni tenglashtirdi. Oradan 8 daqiqa oʻtib, Rodrigo gʻalaba golini kiritdi. Shu tariqa bahs “qaymoqranglilar”ning 2:1 hisobidagi gʻalabasi bilan yakunlandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Yanvar oyida yuz nafardan ortiq amerikalik oʻqish uchun Oʻzbekistonga keldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring