Raqobat qoʻmitasi narxlarni milliy valyutada koʻrsatmagan axborot resurslariga chora koʻrdi

11:06 25 Noyabr 2025 Jamiyat
157 0

Raqobat qoʻmitasi ijtimoiy tarmoqlar orqali eʼlon qilinayotgan tovarlar (ishlar, xizmatlar) reklamalarida narxlarni xorijiy valyutalarda koʻrsatgan axborot resurslariga nisbatan tekshiruv oʻtkazdi.

Oʻtkazilgan monitoringlar natijasida ijtimoiy tarmoqlar orqali “Uyjoylar,uz”, “Buxoro Agentstva_Nest”, “Qashqadaryo uylari N1”, “Sirdaryo Uy Bozor”, “Namangan Uylari”, “Navoiy uylari| Navoiy uy bozor”, “Uy Bozorim”, “Hilolbozor,uz” hamda “Gulistonliklar Uy-Joy” Telegram kanali orqali koʻchmas mulklarning narxlari xorijiy valyutada berilgan reklama axborotlari joylashtirilgani maʼlum boʻlgan.

Maʼlumot uchun, Oʻzbekiston Respublikasining “Reklama toʻgʻrisida”gi Qonunining 16-moddasiga muvofiq, reklamada narxlarni (tariflarni) chet el valyutasida koʻrsatish taqiqlanadi.

Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasining “Valyutani tartibga solish toʻgʻrisida”gi Qonunining 9-moddasiga asosan, Oʻzbekiston Respublikasi hududida tovarlar (ishlar, xizmatlar) uchun barcha hisob-kitoblar va toʻlovlar Oʻzbekiston Respublikasi valyutasida amalga oshirilishi belgilangan.

Oʻzbekiston Respublikasi hududida realizatsiya qilinadigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) narxlarining chet el valyutalariga va shartli birliklarga bogʻlanishiga yoʻl qoʻyilmaydi.

“Yuqoridagilarga koʻra, Raqobat qoʻmitasi tomonidan «Uyjoylar,uz”, “Buxoro Agentstva_Nest”, “Qashqadaryo uylari N1”, “Sirdaryo Uy Bozor”, “Namangan Uylari”, “Navoiy uylari| Navoiy uy bozor”, “Uy Bozorim”, “Hilolbozor,uz” hamda “Gulistonliklar Uy-Joy” Telegram kanallari maʼmurlariga reklama toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari talablari haqida tegishli huquqiy tushuntirishlar berilishi natijasida mazkur kanalda joylashtirilgan reklama-axborotlari reklama qonunchiligi talablariga moslashtirilishi taʼminlandi», — deyiladi qoʻmita xabarida.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер