Raqamli texnologiyalar vaziri YUNESKOning Oʻzbekistondagi vakili bilan uchrashuv oʻtkazdi
Foto: Халқ сўзи
Joriy yilning 2-mart kuni Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov YUNESKOning Toshkentdagi vakolatxonasi rahbari va YUNESKOning Oʻzbekistondagi vakili Sara Noshadi bilan uchrashuv oʻtkazdi.
Uchrashuv davomida aholi orasida media savodxonlikni oshirish va bu boʻyicha maxsus treninglar tashkil etish, hunarmandlik bilan shugʻullanayotgan ayollarni qoʻllab-quvvatlagan holda ular uchun maxsus Workshoplar oʻtkazish masalalari muhokama qilindi.
Shu bilan bir qatorda, Oʻzbekistonda faoliyat olib borayotgan Foreign Languages telekanalini IT sohasiga oid kontentlar bilan boyitish boʻyicha oʻzaro hamkorlik qilish va bu orqali chekka hududlarda istiqomat qiladigan yoshlarni ITga qiziqtirish, IT taʼlim yoʻnalishida keng qamrovli ishlarni amalga oshirish masalalariga eʼtibor qaratildi.
Oʻz navbatida, Oʻzbekistonni xalqaro maydonda mintaqaviy IT xab sifatida tanitish boʻyicha fikrlar almashildi.
YUNESKO Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan ishlar yuqori ekanligini qayt etib, raqamlashtirish yoʻnalishida hamkorlikda loyihalarni davom ettirishga kelishib olindi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sizni ajablantiradigan anʼanalar. Dunyo boʻylab yangi yil qanday nishonlanadi?
- Oʻzbekiston Prezidenti va xalqiga Yangi yil bayrami munosabati bilan samimiy qutlovlar kelmoqda
- Xorijiy valyutalarning oʻzbek soʻmiga nisbatan Yangi yildan keyin amalda boʻladigan qiymati eʼlon qilindi
- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oʻzbekiston xalqiga Yangi yil tabrigi
- Shavkat Mirziyoyev Yangi Toshkentdagi “Sharq bahori” turar joy majmuasining qurilish maydoniga tashrif buyurdi
- Oʻzbekistonning Gʻazodagi vaziyatga nisbatan hozirgi aniq pozitsiyasi qandayligi aytildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring