Qumqoʻrgʻon tumaniga yangi hokim tayinlandi
Xoliqov Farrux Omonovich Qumqoʻrgʻon tumani hokimi etib tayinlandi. Bu haqda Surxondaryo viloyati hokimligi axborot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, bugun, 30-dekabr kuni boʻlib oʻtayotgan xalq deputatlari Qumqoʻrgʻon tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida tashkiliy masala koʻtarilgan.
Mazkur sessiyada Surxondaryo viloyati hokimi Ulugʻbek Qosimov ham ishtirok etgan. Sessiya davomida shu kungacha Qumqoʻrgʻon tumani hokimi lavozimida faoliyat yuritib kelgan Anvar Normamatov boshqa ishga oʻtishi munosabati bilan lavozimidan ozod etilgani maʼlum qilindi.
Viloyat hokimi tomonidan tuman hokimi lavozimiga Xoliqov Farrux Omonovich nomzodi taklif etilib, mazkur nomzod Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari tomonidan maʼqullangan. Farrux Xoliqov Milliy kadrlar zaxirasidan tavsiya etilgan.
Maʼlumot uchun, Farrux Xoliqov 1985-yilda Qashqadaryo viloyati Kitob tumanida tugʻilgan. U 2009-yilda Toshkent davlat yuridik institutini, 2016-yilda Bosh prokuratura oliy oʻquv kursini huquqshunoslik mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan.
Mehnat faoliyati davomida prokuratura organlarida turli lavozimlarda, jumladan, Uzun va Shoʻrchi tumanlari prokurori sifatida ishlagan. Tayinlovga qadar Denov tumani prokurori lavozimida faoliyat yuritib kelgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekiston armiyasi Markaziy Osiyoda birinchi o'rinda — dunyo armiyalari reytingi eʼlon qilindi
- “Yangi Oʻzbekiston yulduzlari” milliy mukofoti xalqaro darajaga koʻtarilmoqda
- Oʻzbekistonda ilmiy laboratoriyalarning sunʼiy intellektga asoslangan yagona ilmiy platformasi ishga tushiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring