Qozogʻistonlik 19 yoshli futbolchi oʻyin vaqtida vafot etdi
Videodan kadr
Qozogʻiston chempionati birinchi ligasi vakili — “Xan-Tengri” klubi hujumchisi Dias Tuleu vafot etdi. Bu haqda Qozogʻiston futbol federatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.
Maʼlum boʻlishicha, kecha, 16-oktyabr kuni futbolchi Qozogʻiston birinchi ligasining 25-turida “Xan-Tengri” va “Ekibastuz” klublari oʻrtasidagi oʻyinni asosiy tarkibda boshlagan. Biroq bahsning 65-daqiqasida oʻzini yomon qilgani bois, maydondan zambilda olib chiqilgan.
Tibbiyot xodimlari zudlik bilan futbolchiga yordam koʻrsatishga harakat qilgan. Biroq shifokorlarning barcha urinishlariga qaramay, Dias Tuleuni hayotga qaytarib boʻlmagan.
“Qozogʻiston futbol federatsiyasi “Xan-Tengri” klubi hujumchisi Dias Tuleuning vafoti haqidagi xabarni katta qaygʻu va afsus bilan qabul qildi.
Yoshi nisbatan kichik boʻlishiga qaramasdan, Dias futbolga boʻlgan yuksak muhabbati va oʻziga xos isteʼdodi bilan ajralib turar edi. Uning hayotdan bu qadar erta ketishi — jamoasi, yaqinlari va butun Qozogʻiston futboli uchun beqiyos yoʻqotishdir.
Qozogʻiston futbol federatsiyasi marhumning ota-onasi, qarindoshlari va barcha yaqinlariga chin qalbdan taʼziya bildirib, ogʻir daqiqalarda ular bilan hamdard ekanini izhor etadi”, deyiladi QFF xabarida.
Qayd etilishicha, Federatsiya bosh kotibi David Loriya hamda professional klublar oʻrtasida musobaqalar oʻtkazish direksiyasi rahbari Bahtijan Pazilxair barcha holatni aniqlash uchun shoshilinch ravishda Olmaotaga joʻnab ketgan. Yaqin vaqt ichida tegishli idoralar bilan hamkorlikda rasmiy tergov oʻtkazish uchun maxsus komissiya tuziladi.
Maʼlumot uchun, Dias Tuleu 2006-yilning 4-may sanasida tugʻilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sogʻliqni saqlash vazirligi “Elektron retsept” tizimi boʻyicha rasmiy bayonot berdi
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- “Insoniyat sivilizatsiyasiga asos boʻlgan yutuqlar shu zamindan kelib chiqqan” — Paragvay Prezidenti
- Dual taʼlim — yetuk mutaxassis tayyorlash kafolati
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring