Qozog‘istonda ayollar tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha O‘zbekiston tajribasi eʼtirof etildi

19:37 19 Avgust 2025 Siyosat
153 0

Foto: Oliy Majlis Senati

Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ayollar va oila-demografik siyosat masalalari bo‘yicha Milliy komissiya aʼzolari bilan uchrashdi.

Tadbir davomida Senat Raisi yurtimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash sohasida amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar yuzasidan maʼlumot berdi.

Xususan, so‘nggi yillarda mamlakatimizda tadbirkorlikni rivojlantirishga qaratilgan 40 tadan ortiq meʼyoriy-huquqiy hujjat qabul qilingani, shundan 10 dan ortig‘i xotin-qizlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilgani alohida taʼkidlandi.

Shu bilan birga, ayollarning biznes sohasidagi faoliyatini rag‘batlantirish, ularning tashabbuslarini ro‘yobga chiqarish maqsadida Xalq banki tizimida kompleks yordam ko‘rsatish mexanizmi joriy etilgani qayd etildi. Bu tizim orqali ayol tadbirkorlarning faoliyati boshlang‘ich bosqichidan to mustaqil biznesni yuritishgacha bo‘lgan jarayonda qo‘llab-quvvatlash choralari ko‘rilmoqda.

Uchrashuvda ko‘p tomonlama hamkorlikni mustahkamlash, gender tenglik, oila va jamiyatda ayollarning rolini yana-da kuchaytirish bo‘yicha fikr almashildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер